Qo`shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasi yakunlangach, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti delegasiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o`tkazdi.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan suhbatda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va energetika sohalarida qo`shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Ras-al-Hayma amirligi amiri, BAA Oliy kengashi a`zosi shayx Saqr Al-Qosimiy bilan etakchi kompaniyalarni yangi investisiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga jalb qilish masalalari ko`rib chiqildi.
BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi bilan etakchi xalqaro tashkilotning joriy yil sentyabr oyida o`tadigan yalpi sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili YuNVTO Bosh assambleyasining joriy yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida o`tadigan navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha olib borilayotgan ishlar to`g`risida axborot berdi.
Turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo`yicha qo`shma dasturni amalga oshirish masalalari ham ko`rib chiqildi.






