AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda havo harorati 24 darajagacha ko`tariladi

'Ertaga O`zbekistonda havo harorati 24 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi ertaga - 3 mart kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechas 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin.  Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi  15-20° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi  19-24° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi  0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar