Zilzila episentri Padang shahridan 88 kilometr janubi-sharqda joylashgani ma`lum qilingan.
Janubi-sharqiy Osiyodagi Indoneziya orollarida bugun, 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:05da kuchli zilzila sodir bo`lgan. Bu haqda Evropa O`rtaer dengizi seysmologik markazi (EMSC) xabar tarqatdi.
Markaz ma`lumotlariga ko`ra, Indoneziya qirg`oqlarida yuz bergan zilzilaning kuchi 5,7 ballni tashkil etgan.
Zilzila episentri Padang shahridan 88 kilometr janubi-sharqda joylashgani ma`lum qilingan. Uning o`chog`i 47 kilometr chuqurlikda joylashgan.






