AsosiyJamiyat

Toshkentda 61 yoshli erkak tanishini pichoqlab qo`ydi

'Toshkentda 61 yoshli erkak tanishini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko`ra, 2023 yil 25 fevral kuni soat 23:00larda Yashnobod tumani Qorasu ko`chasida yashovchi 61 yoshli Sh.I. o`zini istiqomat qilib kelayotgan xonadonida tanishi 45 yoshli P.V. bilan birga kechki ovqatlanish vaqtida spirtli ichimlik iste`mol qilishib, P.V. tanishi Sh.I.ni har xil haqoratli so`zlar bilan so`kganida, Sh.I. ulfatiga uni, o`zini uyida haqorat qilmasligini aytib, jahl ustida P.V.ni stol ustida turgan oshxona pichog`i bilan bir marotaba chap ko`krak qismiga urib tan jarohati etkazgan.

Natijada P.v. olgan tan jarohatlari bilan 4-sonli klinik shifoxonasiga chap tomonlama ko`krak qafasi sanchilib kesilgan jarohati bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Sh.I.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar