AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Bokuga etib bordi

'Shavkat Mirziyoev Bokuga etib bordi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan 1 mart kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.

Haydar Aliev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O`zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining uchrashuvi bo`lib o`tadi, unda etakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladilar.

Ertaga, 2 mart kuni Bokuda eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri - Qo`shilmaslik harakatining sammiti bo`lib o`tadi. Tadbirning yalpi sessiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq so`zlaydi.

    Boshqa yangiliklar