AsosiyDunyo

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurishni boshladi

'Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurishni boshladi'ning rasmi

Finlyandiya Rossiya bilan chegaradosh hududida devor qurishga kirishdi. Qurilishga Imatra chegara punktida start berildi, dushanbadan bu erdagi daraxtlarni kesish boshlab yuborildi.

Avvaliga 3 km uzunlikda devor qurilib, sinab ko`riladi. Sovuqqa bardoshliligi, o`tishga urinuvchilarni to`xtatish imkoniyatlari o`rganiladi.

Uch kilometrli devorning bahosi — 6 mln evro. Qurilish iyunda tugaydi.

Finlar qurayotgan devorning balandligi 3 metr bo`ladi, videokameralar, projektorlar va ovoz kuchaytirgichlar o`rnatiladi.

Devorning jami uzunligini 200 kilometrga etkazish reja qilingan. Rossiya va Finlyandiya o`rtasidagi chegara uzunligi — 1 300 kilometr.

    Boshqa yangiliklar