Adliya vazirligi sariq jiletlardan foydalanish tartibi bo`yicha tushuntirish berdi. Ta`kidlanishicha, mazkur talab boshqa shaxslarga, shu jumladan piyodalar uchun majburiy emas.
Yo`l harakati qoidalariga ko`ra, yo`lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar hamda yo`lni ta`mirlashga mas`ul xodimlar qorong`ida nur qaytargichli kamzulda bo`lishi kerakligi belgilangan.
Mazkur talab boshqa shaxslarga, shu jumladan piyodalar uchun majburiy emas.
Shuningdek, qonunchilikda piyodalar qorong`ida harakatlanayotganda nur qaytaruvchi ustki kiyimda bo`lishini targ`ib qilish nazarda tutilgan.






