AsosiyJamiyat

O`zbekistonda professional ta`lim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi

'O`zbekistonda professional ta`lim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi'ning rasmi

Prezident farmoni bilan 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Unga ko`ra, 2023 yil 1 apreldan boshlab:

  • professional ta`lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy o`rta ta`lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;
  • professional ta`lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega bo`lgan, malaka toifasiga ega bo`lmagan oliy ma`lumotli hamda oliy ma`lumotga ega bo`lmagan ishlab chiqarish ta`limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy o`rta ta`lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali o`qituvchisi, oliy ma`lumotli o`qituvchisi hamda o`rta maxsus ma`lumotli o`qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilsin.

    Boshqa yangiliklar