AsosiyJamiyat

“Lukoyl” kompaniyasi Toshkent yo`llarini yaxshilashga yordam bermoqchi

'“Lukoyl” kompaniyasi Toshkent yo`llarini yaxshilashga yordam bermoqchi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahar hokimi "LLK-Interneshnl" mutasaddilari bilan uchrashdi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Muloqotda poytaxt yo`llarni sifatli ta`mirlash masalasi ko`rib chiqilgan. 

Poytaxt hokimi O`zbekiston iqlimi keskin kontinental bo`lgani bois yo`llarda bajarilayotgan ta`mirlash ishlari sifatini hamda xizmat qilish muddatini bir necha barobar oshirish muhimligini qayd etgan.

"LLK-Interneshnl" mutasaddilari ish jarayonida har bir ob`ekt uchun alohida echim qo`llashlari va 20 daraja sovuqdan 76 daraja issiqqacha bo`lgan iqlim sharoitlariga mos keluvchi takliflarini aytigan.

Uchrashuv davomida tomonlar o`zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashishgan.

"LLK-Interneshnl"  - "LUKOYL" DAKning 100 foiz sho`ba korxonasi hisoblanadi. 

    Boshqa yangiliklar