"O`zgidromet" markazi ertaga, 2 mart kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 19-21 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.
Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.






