AsosiyJamiyat

Toshkentda ko`p qavatli uyning yo`lagida yoriqlar paydo bo`ldi

'Toshkentda ko`p qavatli uyning yo`lagida yoriqlar paydo bo`ldi'ning rasmi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko`p qavatli uyning yo`lagi devorida yoriqlar paydo bo`ldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi turmush” mahallasida joylashgan yangi qurilgan 18-sonli uyning kirish yo`laklarida yoriqlar paydo bo`lgani to`g`risida xabarlar tarqalgan.

Tuman hokimligi tomonidan ushbu yangi uylarning buyurtmachisi hisoblangan Toshkent shahar hokimligi qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IKga mazkur holatni tegishli tartibda o`rganish bo`yicha xat kiritilgan.

Holat tegishli tashkilotlar tomonidan instrumental o`rganilib, binoning tayanch devorlariga shikast etkazilmagan hamda texnik xavfsiz deb topilsa, mazkur uyga xizmat ko`rsatuvchi “Bunyodkor” boshqaruv tashkiloti tomonidan bartaraf etiladi.

    Boshqa yangiliklar