AsosiyJamiyat

Samarqanda bosh hisobchi boshchiligidagi bir guruh xodimlar buyum bozorini talon-toroj qilishdi

'Samarqanda bosh hisobchi boshchiligidagi bir guruh xodimlar buyum bozorini  talon-toroj qilishdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung`ur tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Bulung`ur buyum bozori savdo kompleksi” MChJdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 “Bulung`ur buyum bozori savdo kompleksi” MChJ bosh hisobchisi N.R. va boshqalar soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ushbu kompleksning 4 nafar ishchi-xodimlari va o`zlariga ortiqcha ish haqlari hisoblab, jami 258,3 mln so`mni o`zlashtirganliklari, shuningdek to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar tuzish orqali xarid qilingan 35,1 mln so`mlik mahsulotlarni o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar