Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda viloyat prokuraturasi noziri firibgarlik yo`li bilan mahalliy fuqarodan 10 mln. so`m olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, nozir o`zining tanishlari imkoniyatlari orqali uni Navoiy shahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi yotoqxonalardan biriga navbatsiz joylashtirib qo`yishni va`da qilgan.






