DXX Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIB hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Milliy Gvardiya xodimi ushlandi. Bu haqda darakchi.uz'ga DXX xabar berdi.
Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyat Qo`riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo`riqlash bo`limida qorovul lavozimida ishlovchi shaxs o`zining qarindoshiga muqaddam hokimlik tomonidan bog`dorchilik qilish uchun berilgan 70 sotix er maydonini xaridorga 175 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (Firibgarlik) va 211- (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






