O`zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyundagi “Ov qilish va ovchilik xo`jaligi to`g`risida"gi qonunda belgilab qo`yilgan tartib – qoidalarga muvofiq, joriy yilning 28 fevralidan mamlakatimizda yovvoyi hayvonlarni va qushlarni ovlash uchun ov mavsumi yakunlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi inspeksiya boshlig`i Adham Qurbonov xabar berdi.
Shu munosabat bilan barcha ovchilar ov yo`llanmalarini 10 kun muddatda O`zbekiston Ovchi va baliqchilik sporti birlashmalari va uning hududlaridagi bo`linmalariga qonunda belgilangan tartibda topshirishlari so`raladi.
28.02.2023 12:22
Bugundan yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash mavsumi to`xtatiladi






