Yangi yo`nalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi
Hududlarni bir-biri bilan o`zaro bog`lash maqsadida quyidagi yangi yo`nalishlarda muntazam aviaqatnovlar boshlanadi:
Samarqand — Nukus;
Samarqand — Mo`ynoq;
Samarqand — Termiz;
Buxoro — Termiz;
Namangan — Termiz;
Namangan — Nukus.
Milliy sport turlari bo`yicha umumrespublika sport musobaqalari o`tkaziladi
Olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo`yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini o`tkazish tizimi joriy qilinadi:
1-bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;
2️-bosqichda — viloyat musobaqalari;
3️-bosqichda — respublika (final) musobaqalari.
Unitar korxona shaklida yuridik shaxs tashkil etish to`xtatiladi
Qonunchilikka ko`ra, unitar korxona yoki qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yo`l qo`yilmaydi.
Soliq to`lovchilar sayyor soliq tekshiruvlari ustidan to`g`ridan-to`g`ri sudga shikoyat qiliishi mumkin
Soliq to`lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo`yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to`g`ridan-to`g`ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.
Yuridik shaxslar my.gov.uz orqali tijorat xizmatlarini ko`rsatishga ruxsat beriladi
Axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mulkchilik shaklidan qat`i nazar barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tijorat xizmatlarini ko`rsatishga ruxsat beriladi.
Qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo`yicha qisqa muddatli o`quv kurslari tashkil qilinadi
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo`yicha qisqa muddatli o`quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.
Davlat xaridlariga cheklovlar joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladigan bir shartnoma summasi BHMning 3 500 baravari va undan yuqori bo`lgan davlat xaridlari bo`yicha buyurtmalar to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo`l qo`yilmaydi.






