AsosiyJamiyat

AQSh davlat kotibi Blinkenning O`zbekistonga tashrifi sababi ma`lum bo`ldi

'AQSh davlat kotibi Blinkenning O`zbekistonga tashrifi sababi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken 28 fevral − 1 mart kunlari Toshkent shahriga tashrif buyuradi.

Tashrifning asosiy maqsadi O`zbekiston-AQSh strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Kecha, 27 fevral kuni siyosatchi Qozog`istonga uchib ketayotganini Twitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

"Bugun men Qozog`iston, O`zbekiston va Hindistonga sayohatga ketyapman. Bu mening Davlat kotibi sifatida Qozog`iston va O`zbekistonga birinchi safarim bo`ladi va men Markaziy Osiyo bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirishga intilaman. U erdan G20 yig`ilishi uchun Hindistonga boraman", dedi u. 

Ostonada u mintaqadagi barcha beshta davlat vakillari bilan AQShning Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlash, shuningdek, umumiy global muammolarga echim izlashda mintaqa bilan hamkorlik uchun C5+1 (Markaziy Osiyo mamlakatlari + AQSh) vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

C5+1 vazirlar yig`ilishida AQSh, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasidagi iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

    Boshqa yangiliklar