O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi 2023 yil 28 fevral kuni Ostona shahrida (Qozog`iston Respublikasi) bo`lib o`tadigan «C5+1» shaklidagi Vazirlar yig`ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Tadbir davomida O`zbekiston Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi, Qirg`iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Amerika Qo`shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan sohalarda mazkur mexanizm doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
28.02.2023 09:15
Baxtiyor Saidov Qozog`istonga boradi






