Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Z.E. “G.F.” MChJga qarashli dorixona mudiri vazifasida ishlab kelib, o`zining moddiy javobgarligida bo`lgan dori vositalari sotuvidan tushgan 191,3 mln so`m naqd pullarni o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan. Bu haqda departament axborot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






