AsosiyJamiyat

Toshkentdagi nomsiz bo`lgan 281 ta ko`chaga yangi nom qo`yildi

'Toshkentdagi nomsiz bo`lgan 281 ta ko`chaga yangi nom qo`yildi'ning rasmi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori bilan Toshkentda 500 dan ortiq ko`cha va joy nomlari o`zgardi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Qaror bilan nomsiz bo`lgan 281 ta ko`chaga yangi nom qo`yildi. Shuningdek, 20 ta takrorlangan ko`cha nomlari qayta nomlandi.

— 1 ta qonunchilikka zid nom (Lokomotiv liniyasi nomli ko`cha Mehridil deb o`zgartirilgan) qayta nomlandi.

Geografik joylashuvi qayta ko`rib chiqilishi natijasida nomi o`zgargan (Toshkent shahriga qo`shib olingan) 228 ta hududlar qayta nomlandi.

Geografik joylashuviga aniqlik kiritilayotgan 21 ta (Bektemirda 14 ta, Sergelida 2 ta, Yashnobodda 5 ta) hudud o`z nomini saqlab qoldi.

 

    Boshqa yangiliklar