Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, muqaddam tovlamachilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan O.A. fuqaro B.J.ning ishonchiga kirib, B.J. va uning turmush o`rtog`ini tanishlari yordamida 40 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborishini va`da qilib, oldindan 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






