AsosiyJamiyat

O`quv markazlarida IT sohasini o`rganish uchun ham ta`lim krediti beriladi

'O`quv markazlarida IT sohasini o`rganish uchun ham ta`lim krediti beriladi'ning rasmi

Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat ta`lim tashkilotlarining o`quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta`lim krediti ajratish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko`ra, ta`lim krediti:
— bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming so`m) miqdorda;
— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
— bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
— har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
"Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar