Evropa O`rtaer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma`lumotlariga ko`ra, Turkiya sharqida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo`ldi.
Er silkinishlari UTC 09:04 (mahalliy vaqt bilan 12:04) da sodir bo`lgan. Zilzila episentri 449 ming kishi istiqomat qiladigan Shanliurfa shahridan 128 km shimoli-g`arbda, 5 km chuqurlikda joylashgan.
Shuningdek, 9:36 va 9:43 da Markaziy Turkiyada ikkita zilzila qayd etilgani xabar qilingan.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezer Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 44 374 nafarga etganini ma`lum qildi.
AFAD ma`lumotlariga ko`ra, 6 fevralda sodir bo`lgan ikki vayronkor zilziladan so`ng, mamlakatda 9000 dan ortiq er silkinishlari sodir bo`lgan.
Tekshiruvlardan so`ng 612 kishi - binolarni ta`mirlash va qayta qurish ishlarini olib borgan qurilish pudratchilari, shuningdek vayron bo`lgan uylarning egalari tergov qilinmoqda.






