AsosiyJamiyat

Toshkentda tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi (video)

'Toshkentda tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. 

 Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma`lum qilinishicha, voqea bugun, 27 fevral kuni taxminan soat 3:30 larda Sergeli tumani Sergeli-4 dahasida sodir bo`lgan. Shu dahada istiqomat qiluvchi 1979 yilda tug`ilgan A.A. “103” raqamiga qo`ng`iroq qilib, tez-tibbiy yordam ko`rsatish brigadasini chaqirgan.

Chaqiruv bo`yicha etib borgan tez-tibbiy yordam xizmati feldsheri 1983 yilda tug`ilgan X.O. xonadonga kirib A.A.ni birlamchi ko`rikdan o`tkazish vaqtida, uning yonida bo`lgan tanishi 1990 yilda tug`ilgan K.A. feldsher go`yoki A.A.ga yaxshi qaramayotganligini bildirib, X.O.ga kuch ishlatish bilan tahdid qilgan.

Feldsher undan qochib ko`chaga chiqqan vaqtida tez-tibbiy yordam mashinasi haydovchisi 1970 yilda tug`ilgan T.S. X.O.ni himoya qilgan. Shu vaqtda K.A. jamoat tartibini buzib, T.S.ni urib, tan jarohati etkazgan. T.S. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston JKning 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar