AsosiyJamiyat

5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi

'5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi'ning rasmi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 5 yil ish tajribasiga ega bo`lgan ayollar oliy o`quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligining ma`lum qilishicha,  kamida 5 yil ish stajiga ega bo`lgan xotin-qizlarni oliy ta`lim muassasalariga imtihonlarsiz o`qishga qabul qilish bo`yicha tartib mavjud emas.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi bo`yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo`lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur tartib 2022/2023-o`quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan bo`lib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy to`lov-kontrakt asosidagi qo`shimcha qabul parametrlari oliy ta`lim muassasalari kesimida ajratildi.

    Boshqa yangiliklar