Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi Qurilish sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi e`lon qilindi. Unda O`zbekistonda faqat bitta kompaniya yuqori (75 foiz) ishonchlilik darajasiga ega deya ko`rsatilgan.
To`rtta toifaga bo`lingan reytingdan jami 17 647 ta kompaniya o`rin olgan. Eng ishonchli kompaniyalar “A” toifasiga kiritilgan. E`lon qilingan diagrammaga ko`ra, reytingdagi eng ishonchlilar ro`yxatiga 75 foizli ko`rsatkich bilan faqat bitta kompaniya kiritilgan.
Quyi daraja — “D” toifasidan 14 668 ta kompaniya o`rin olgan. Bu reytingdagi jami kompaniyalarning 83 foizi demak.
Ma`lumot uchun, O`zbekistonda qurilish bilan shug`ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 591 tani tashkil etadi. Ularning eng katta qismi, ya`ni 9 166 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20,1 foizi Toshkent shahrida joylashgan.






