Harbiy qismlardan birida noma`lum modda portlab ketdi va Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi Chegara xizmati xodimi yaralandi, deb xabar beradi «Kabar» agentligi.
Qo`mita matbuot xizmati tarqatgan ma`lumotga ko`ra, 2021-sonli harbiy qism nazorat-o`tkazish punktida pechka isitish vaqtida noma`lum modda (aniqlanmoqda) portlagani ma`lum bo`lgan. 2003 yilda tug`ilgan askar portlash oqibatida oyog`idan yaralangan.
Askar zudlik bilan Razzoqov shahri gospitaliga etkazilgan. Shifokorlar bemorning ahvolini o`rtacha og`ir deb baholamoqda.
Voqea yuzasidan vakolatli organlar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
27.02.2023 09:57
Qirg`izistondagi harbiy qismlardan birida noma`lum modda portlab ketdi






