AsosiyJamiyat

Avtotransportda xalqaro yuk tashuvlari faoliyati noma`lum muddatga to`xtatildi

'Avtotransportda xalqaro yuk tashuvlari faoliyati noma`lum muddatga to`xtatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Polsha Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori bilan joriy yilning 21 fevral sanasidan Belarus Respublikasi bilan Kukuriki – Kozlovichi chegara nazorat o`tkazish punkti orqali (Evropa Ittifoqiga va Evropa erkin savdo assosiasiyasiga a`zo mamlakatlarda ro`yxatga olingan yuk avtotransport vositalaridan tashqari) barcha yuk avto transport vositalari harakatlanishi ikki tomonlama (kirish-chiqish) vaqtincha noma`lum muddatga to`xtatildi.

Buninig natijasida hozirda ushbu chegara nazorat o`tkazish punktida xorijiy mamlakatlar yuk tashuvchilarining transport vositalari to`planib qoldi.

Shu munosabat bilan milliy tashuvchilardan Evropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu holatni inobatga olishlarini so`rab qolamiz.

Hozirda o`zbek milliy tashuvchilari yuk transport vositalarini Litva chegara nazorat o`tkazish punktlari orqali to`siqlarsiz harakatlanishini ta`minlash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Evropa davlatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarda ushbu vaziyat yuzasidan savollar tug`ilganda quyidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari mumkin. 

 +998 71 202 05 01 (114)
 +998 97 709 16 00

    Boshqa yangiliklar