Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilda O`zbekiston 21 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,7 mln AQSh dollariga teng bo`lgan qalampir eksport qilgan.
Eksport hajmi 2021 yil bilan solishtirilganda 7,5 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilda O`zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko`p eksport qilgan davlatlar:
Qozog`iston – 8,1 ming tonna
Qirg`iz R. – 1,3 ming tonna
Rossiya – 947,5 tonna
Germaniya – 340 tonna
AQSh – 311 tonna
Ukraina – 288 tonna
Tojikiston – 205,7 tonna
Gruziya – 123 tonna
2022 yilda xorijga eng ko`p qalampir eksport qilgan hududlar:
- Farg`ona viloyati – 3 ming tonna
- Surxondaryo viloyati – 2,6 ming tonna
- Xorazm viloyati – 1,2 ming tonna






