AsosiyJamiyat

Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha o`rinbosariga yuklandi

'Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha o`rinbosariga yuklandi'ning rasmi

Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim o`rinbosariga yuklandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining 24 fevraldagi farmoyishida aytilgan.

Unda keltirilishicha, Davron Hidoyatovning sog`lig`i yomonlashgani sababli Chirchiq shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari Jur`atbek Rahmonov zimmasiga yuklandi.

Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.

    Boshqa yangiliklar