"O`zgidromet" markazi bergan ma`lumotga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.






