AsosiyJamiyat

Namanganda 28 yoshli hokim o`rinbosari vafot etdi

'Namanganda 28 yoshli hokim o`rinbosari vafot etdi'ning rasmi

Namangan viloyati Davlatobod tuman hokimining innovasiyalarni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan 28 yoshli Qayumov Abdurasul Qudrat o`g`li joriy yil 23 fevral kuni vafot etgan.

Uning vafotiga nafas etishmovchiligi sabab bo`lgani va u Respublika ko`p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialida vafot etgani ma`lum qilindi.

Abdurasul Qayumov 2022 yil 16 avgustdan buyon Davlatobod tuman hokimining o`rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan bo`lgan.

Kayumov 1995 yil Namangan shahrida tug`ilgan.  2018 yil Malayziya Limkopling ijodiy texnologiya universiteti (kunduzgi) tamomlagan. Hokimlikdagi vazifasiga qadar u Davlatobod tumani hokimligi Investisiya va tashqi savdo bo`limi boshlig`i o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

    Boshqa yangiliklar