AsosiyJamiyat

Oltinsoy va Termiz tumanlarida umumiy 12,2 mlrd kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ rahbarlari qo`lga olindi

'Oltinsoy va Termiz tumanlarida umumiy 12,2 mlrd kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ rahbarlari qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Oltinsoy tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “O.B.” MChJ rahbari R.H. bog` tashkil etish va  qishloq xo`jaligi texnikalari sotib olish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga hududda bog` tashkil etmasdan, ushbu  mablag`larni boshqa maqsadlarda sarflab, jami 6,1 mlrd so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Termiz tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B-N.” va "Ch-P." MChJlar rahbari U.X. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag`lari evaziga qo`shni Qozog`iston Respublikasidan olib kelingan chorva mollarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 5,1 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi, shuningdek 102,1 mln so`m qo`shimcha soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig`imlarni to`lashdan bo`yin tovlash) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar