Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi.
2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvargacha pillani qayta ishlash va pilla qurti urug`ini ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga etkazib berilgan har quti ipak qurti urug`i uchun 120 ming so`m miqdorida subsidiya ajratiladi.
2023 yil 1 apreldan “O`zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o`zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operasiyalari bo`yicha muddati o`tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo`lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklarasiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.
2023 yil 1 martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.






