AsosiyJamiyat

Ish beruvchilarga o`zini o`zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi

'Ish beruvchilarga o`zini o`zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi'ning rasmi

“Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–70-son, 23.02.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan ish beruvchilarga o`zini o`zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi.

Shunga ko`ra, o`zini o`zi band qilgan shaxslar shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari (19 ta) ro`yxati to`ldirildi.

2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvargacha 3 oydan ko`p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko`pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

  • foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;
  • ayrim davlat mulkilaridan foydalanganlik uchun ijara to`lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;
  • davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to`lov amalga oshiriladi.

 

“Usta-shogird” maktablar o`quvchilari ijtimoiy soliqni o`zini o`zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda to`laydi.

Kam ta`minlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam berishda ularning kasanachilik yoki qishloq xo`jaligiga mavsumiy jalb qilingan 6 oygacha bo`lgan davrda olgan daromadlari inobatga olinmaydi.

Qarorga ko`ra, Kasanachilikni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etilib, 2023 yil 1 martdan Jamg`arma hisobidan:

  • tadbirkorlarga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi  faoliyati uchun 1 oylik daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
  •  tadbirkorlarga quyidagi subsidiyalar ajratiladi:

 

️2025 yil 1 yanvargacha kasanachilik bilan shug`ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish uchun BHMning 30 baravarigacha;

  • ️kasanachilik asosida uyda ishlayotgan nogironlarning ish joyini moslashtirish uchun BHMning 40 baravarigacha;

 

  • ️kasanachilarni kasb-hunarga o`qitishg uchun BHMning 2 baravarigacha.

 

 Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida tadbirkorlarga aylanma mablag`larini to`ldirish uchun:

  • ️har bir kasanachi uchun 2 mln so`mgacha, jami 300 mln so`mgacha yillik 14 foiz, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha kredit ajratiladi;
  • ️Jamg`arma hisobidan har bir kasanachi uchun 1 mln so`mgacha, jami 150 mln so`mgacha 2 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.

 2023 yil 1 iyungacha davlat ulushi mavjud savdo majmualari va dehqon bozorlarida hunarmandchilik va kasanachilik rastalari tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar