AsosiyJamiyat

Buxoroda noqonuniy faoliyat yuritayotgan sex aniqlandi

'Buxoroda noqonuniy faoliyat yuritayotgan sex aniqlandi'ning rasmi

Buxoroda noqonuniy yog` ishlab chiqaruvchi sex faoliyatiga chek qo`yildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Matbuot xizmati.

G`ijduvon tumani "Sho`rchi" mahallasida yashovchi 1988 yilda tug`ilgan shaxs qurilishi tugallanmagan binoda noqonuniy tarzda yuqori kuchlanishli elektr tokiga ulanib, moyjuvoz uskunalarini ishlatayotgani aniqlangan. 

Ma`lum bo`lishicha, fuqaro moyjuvozdan iste`molga yaroqsiz moy ishlab chiqargan. Voqea joyida 3 dona moyjuvoz uskunalari, 250 litr paxta yog`i va 1680 kg kunjara mahsuloti hamda 27,02 kg chigit borligi aniqlangan.

Ushbu mahsulotlar tekshirish uchun IIB tomonidan rasmiylashtirib olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar