Bugun kunduz kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Qolgan hududlarda kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq, shimolda 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
24.02.2023 08:04
Bugun havo sovib, yomg`ir yog`ishi kutilmoqda






