Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo`limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, unga Olmaliq shahar, “O.” bog`dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi 6 sotix er maydonini 12 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Navoiy shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. Karmana tumani, “Yangiariq” MFYdagi “L.” bog`dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli 12 sotix er maydonini fuqaro U.S.ga firibgarlik yo`li bilan 50 mln so`mga sotishga kelishib, shundan 47 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar E.D. va boshqalar Buxoro tuman hokimligi zaxirasidagi “Rabotiqalmoq” MFYdagi 5 sotix er maydonini fuqaro J.X.ga firibgarlik yo`li bilan sotishga kelishib, hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtirib berishni va`da qilib, evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






