O`zbekistonda mehmonxona xizmatlarini ko`rsatishda doimiy yashash joyi va nikoh guvohnomasi talab qilinmaydi. Bu haqda “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to`g`risida“gi Qarorga asosan “O`zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo`yicha xizmatlarni ko`rsatish tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Nizomning 5-bandiga ko`ra, mijozning doimiy yashash joyi, fuqaroligi, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat`iy nazar mehmonxona xizmatlari ko`rsatilishi lozimligi belgilab qo`yilgan.
"Shuni ta`kidlash joizki, mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik sub`ektlari ichki tartib qoidalarini ishlab chiqishi lozim. Ishlab chiqilgan ichki tartib qoidalari yuqoridagi Nizom talablariga zid bo`lmasligi kerak”, deyiladi xabarda.






