Gidrometeorologiya markazi O`zbekiston bo`yicha 24 fevral, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o`zgarib turadi, kechga tomon bir oz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–10 daraja iliq, kunduzi 16–18 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo`ladi.
Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda bir oz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda bir oz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo`ladi.






