Orenburg viloyatining Tatarskaya Kargala qishlog`i yaqinida Orenburg-Qozon trassasida Nijniy Novgorod – O`zbekiston yo`nalishidagi yo`lovchi avtobus ariqqa ag`darilib ketdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqadagi Matbuot xizmati xabar qildi, deb yozadi TSS.
Ma`lum qilinishicha, Tatarskaya Kargala qishlog`i yaqinida yo`lovchi avtobusi haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, ag`darilib ketgan, avtobusda 29 kishi, jumladan, bolalar ham bo`lgan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Orenburg viloyati bo`yicha bosh boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, yo`lovchilar dastlab mahalliy madaniyat uyiga joylashtirilgan, keyin esa boshqa avtobusda yo`lni davom ettirdi.






