Rossiyaning Leningrad viloyati Kudrovo shahridagi qurilish maydonchasida ikki nafar mehnat migranti halok bo`ldi. Ulardan biri o`zbekistonlik, deb xabar beradi «Fontanka» nashri.
Qayd etilishicha, fojia 21 fevral kuni soat 20:00 atrofida sodir bo`lgan. Qurilish maydonchasi qo`riqchisi ob`ektni ko`zdan kechirayotganida shovqin-suronni eshitgan. So`ngra erga qulab tushgan havozani ko`rib qolgan. Uning ichida bo`lgan 20 yoshli O`zbekiston fuqarosi va Tojikistonda tug`ilgan 18 yoshli yigit halok bo`lgan.
Leningrad viloyati prokuraturasi mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi bo`yicha tekshiruv boshlagan.
«Tekshiruv davomida hodisaning barcha holatlariga baho beriladi, agar asoslar mavjud bo`lsa, prokuror tomonidan javob choralari ko`riladi», deyiladi xabarda.






