AsosiyDunyo

Fransiyada o`quvchi dars vaqtida o`qituvchini o`ldirdi

'Fransiyada o`quvchi dars vaqtida o`qituvchini o`ldirdi'ning rasmi

Fransiyaning Sen-Jan-de-Lyuz shahrida o`rta maktab o`quvchisi ispan tili o`qituvchisini pichoqlab o`ldirdi, deya xabar beradi Le Figaro nashri.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, voqea bugun ertalab dars vaqtida sodir bo`lgan.

Rasmiylar polisiya va mahalliy prokuratura voqea joyida ekanligini tasdiqladi.

Hujum qilgan shaxs qo`lga olingan. Xususiy katolik muassasasi bo`lgan maktabning kirish va chiqish yo`llari to`sib qo`yilgan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, hujum ertalab soat 10:00 atrofida ispan tili darsi vaqtida sodir bo`lgan. Ishga yaqin manbaning Le Figaro nashriga aytishicha, hujumni amalga oshirgan 16 yoshli o`quvchi tunda ispan tili o`qituvchisini o`ldirishni so`ragan «ovozlarni eshitgan».

    Boshqa yangiliklar