Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida 9 yoshli bolani keksa ayol qorong`i joyga olib borgani va bola undan qo`rqib qochib ketgani haqidagi xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB axborot xizmati ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, 17 fevral kuni soat 20.00 larda 2013 yilda tug`ilgan A.A. futbol mashg`ulotidan so`ng Yakkasaroy tumanida joylashgan uyiga qaytayotgan vaqtida keksa yoshdagi ayol qo`lidagi xaltalarni ko`tarishda yordam berishini so`ragan. Voyaga etmagan A.A. keksa ayolga xaltalarini ko`tarishda yordamlashib, 71-uyning oldiga borganida noma`lum erkak kishini ko`rib qolgan. Voyaga etmagan A.A. qorong`i bo`lib qolganligi sababli uyga ketishini bildirib, qo`lidagi xaltalarni erga qo`yib, uyi tomon yugurib ketgan.
Keksa ayol va noma`lum erkak tomonidan Voyaga etmagan A.A.ga nisbatan hech qanday noqonuniy harakatlar sodir etilmaganligi ma`lum bo`lgan. Hozirda Voyaga etmagan A.A. ota-onasi bilan birga sog`-salomat holatda.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda






