AsosiyDunyo

Qozog`istonda O`zbekiston fuqarosi 15 yilga qamaldi

'Qozog`istonda O`zbekiston fuqarosi 15 yilga qamaldi'ning rasmi

Qozog`istonning Turkiston viloyatida 30 kilogrammdan ortiq geroinni Rossiyaga olib o`tmoqchi bo`lgan xorijlik shaxs 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda viloyat sudi matbuot xizmatiga tayanib “Tengrinews” xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, sudlanuvchi o`zining avtomashinasida giyohvand moddalarni o`ta katta miqdorda sotish maqsadida ularni Tojikistondan Qozog`iston chegarasi orqali Rossiyaga olib o`tgan.

Erkak “Jibek yo`li” nazorat-o`tkazish punktida qo`lga olingan. Chegara-nazorat kinologi xizmat iti ishtirokida avtomashinani ko`zdan kechirish chog`ida yoqilg`i bakidan umumiy og`irligi 31 kilogramm 465,2 gramm bo`lgan geroin moddasi aniqlagan.

Sudlanuvchi 2022 yil 22 iyul kuni soat 18:00 da o`zining avtomashinasida O`zbekistonning “G`isht-ko`prik” chegara nazoratidan o`tib, Qozog`istonning “Jibek yo`li” nazorat-o`tkazish punktida to`xtagan.

U Qozog`iston Jinoyat kodeksining 24-moddasi 3-qismi, 286-moddasi 4-qismi, 297-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli topilgan.

Sudlanuvchining jinoiy harakatlari ish materiallari bilan isbotlanib, unga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. U bu muddatni kuchaytirilgan muassasalarida o`tashi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar