AsosiyDunyo

Rossiya shaxmat federasiyasi Osiyo shaxmat federasiyasi a`zoligiga qabul qilindi

'Rossiya shaxmat federasiyasi Osiyo shaxmat federasiyasi a`zoligiga qabul qilindi'ning rasmi

Xolodno shaxmat federasiyasi (FIDE) kengashi 21 fevral kungi yig`ilishda Rossiya shaxmat federasiyasining (RShF) Osiyo shaxmat federasiyasiga (ACF) qo`shilish borasidagi so`rovini qabul qildi.

Qayd etilishicha, Osiyo shaxmat federasiyasining 28 fevral kuni Abu-Dabida bo`lib o`tadigan Bosh Assambleya yig`ilishida ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilinadi. Agar Rossiyaning so`rovi qabul qilinsa, u holda RShF avtomatik ravishda Evropa shaxmat ittifoqi a`zoligidan chiqariladi.

FIDE qaroriga ko`ra, agar rossiyalik shaxmatchilar bu qarordan qoniqmagan holda o`z federasiyasini o`zgartirishni istasa, ularga nisbatan hech qanday cheklov qo`yilmaydi. Shaxmatchilar istalgan boshqa mamlakat federasiyasiga qo`shilishi yoki Evropa shaxmat ittifoqi a`zosi sifatida qolishi mumkin.

Rossiyaning 2022 yil fevral oyida Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida ko`plab sport tashkilotlari qatori FIDE ham rossiyalik shaxmatchilarni ma`lum muddatga musobaqalardan chetlashtirgandi. Keyinroq ularga xalqaro musobaqalarda FIDE bayrog`i ostida dona surishga ruxsat berildi.

    Boshqa yangiliklar