AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 apreldan mukofot jamg`armasi 1 million dollar bo`lgan respublika tanlovi boshlanadi

'O`zbekistonda 1 apreldan mukofot jamg`armasi 1 million dollar bo`lgan respublika tanlovi boshlanadi'ning rasmi

Avvalroq, Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Davlatimiz rahbari yoshlarni ITga o`qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta`kidladi.

Bu borada 1 apreldan “Elektron hukumat”, “Biznes uchun dastur”, ta`lim yo`nalishlari bo`yicha mukofot jamg`armasi 1 million dollar bo`lgan respublika tanlovi boshlanadi. Hokimlarga bunday tanlovlarni viloyat va tumanlarda ko`proq o`tkazish lozimligi ko`rsatib o`tildi.  

Shu bilan birga, hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg`armalari hisobidan sotib olinadi.

1 apreldan boshlab IT ta`lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan:

- o`z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so`mgacha, nogironligi bo`lgan yoshlarga esa 35 million so`mgacha subsidiya beriladi;

- IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so`m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg`armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o`tkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar