AsosiyJamiyat

Bundan buyon raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag`larning 50 foizi ITni rivojlantirishga yo`naltiriladi

'Bundan buyon raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag`larning 50 foizi ITni rivojlantirishga yo`naltiriladi'ning rasmi

Avvalroq, Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Yig`ilishda prezident barcha biznes jarayonlarini hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni to`liq raqamlashtirib, o`zaro integrasiya qilish vazifasini qo`ydi.

O`tgan yilda maktablar, FHDYo, ichki ishlar idoralari va bog`chalarning ma`lumot bazalari integrasiya qilingani hisobiga 350 milliard so`m iqtisod qilindi.

Sog`liqni saqlash, sport, kollej va oliygohlar, madaniyat sohalarining ma`lumotlar bazasini to`liq ishga tushirish va bir-biriga integrasiya qilish orqali kamida 1 trillion so`m mablag`ni iqtisod qilish mumkinligi ko`rsatib o`tildi.

Bundan buyon raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag`larning 50 foizi ITni rivojlantirish uchun vazirlik va hokimliklarga qaytarib berilishi belgilandi.

Ta`kidlanganidek, Raqamlashtirish vazirligining asosiy vazifasi loyihalarni boshida ko`rib, ma`qullash emas, ularni ishga tushirishga yordam berish va foydalanishga qabul qilish, dasturlarning kelgusida samarali ishlatilishi va natijadorligini nazorat qilib, vazirliklar va hududlarning reytingini yuritish bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar