Avvalroq, Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Yig`ilishda davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilgan ishlar etarli emasligini, IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshirish reja qilinganini qayd etdi.
Buning uchun:
- kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT arxitektorlari, operatorlari va muhandislari kerakligi;
- hududlarda yuqori tezlikdagi internet va mutaxassislar uchun shart-sharoitlarni kengaytirish lozimligi;
- xorijiy IT kompaniyalar ko`payishi uchun yanada qulay muhit yaratish zarurligi;
- zamonaviy IT kasblarga o`qitish tizimini yaratish kerakligi;
- aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur bo`lgan kamida 200 ta yangi elektron xizmatlarni ishga tushirish shartligini ko`rsatib o`tdi.






