AsosiyDunyo

AQSh 2024 yilda NATO sammitiga mezbonlik qiladi

'AQSh 2024 yilda NATO sammitiga mezbonlik qiladi'ning rasmi

AQSh kelasi yili NATO sammitiga mezbonlik qiladi. Bu haqda seshanba kuni Varshavada so`zlagan AQSh prezidenti Jo Bayden ma`lum qildi, deya xabar beradi “Trend” TASS agentligiga tayanib.

"Qo`shma Shtatlar ittifoqdoshlari va hamkorlari bilan birga Ukrainani qo`llab-quvvatlashda davom etadi. Kelasi yili men NATOning barcha a`zolarini AQShda bo`ladigan sammitda qabul qilaman", dedi u. "Biz birgalikda eng kuchli mudofaa kuchlarining 75 yilligini nishonlaymiz.".

"AQShning NATOdagi ittifoqchilari oldidagi majburiyati va [NATO Vashington shartnomasining] 5-moddasi toshga o`xshaydi. Buni NATOning har bir davlati biladi, Rossiya ham biladi", - dedi Bayden.

    Boshqa yangiliklar